08.02.2026
7
XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA GENDER TENGLIK G‘OYALARINI INTEGRATSIYALASHNING MAZMUNIY ASOSLARI

Muallif: Maksudova, Dilshoda

Annotatsiya: Mazkur maqolada xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida gender tenglik g‘oyalarini integratsiyalashning mazmuniy asoslari yoritib beriladi. Tadqiqotda xorijiy til darsliklari, o‘quv matnlari hamda til materiallarida uchraydigan gender stereotiplari tahlil qilinadi. Genderga oid rollar, kasblar, ijtimoiy mavqe va xarakter xususiyatlarining til orqali qanday ifodalanishi aniqlanadi. Mavjud darslik va o‘quv materiallarida erkaklar va ayollarning tasvirlanishidagi nomutanosibliklar, an’anaviy stereotiplarning ta’lim jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda genderga sezgir yondashuvni shakllantirish, o‘quv materiallarini gender tenglik tamoyillari asosida tanlash va moslashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari xorijiy til o‘qituvchilari, darslik mualliflari va ta’lim sohasi mutaxassislari uchun metodik ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: gender tenglik, xorijiy tillarni o‘qitish, gender stereotiplari, darsliklar tahlili, o‘quv matnlari, til materiallari, genderga sezgir ta’lim, ijtimoiy rollar

Jurnaldagi sahifalar: 286 - 290

Yuklab olish