16.11.2023
195
XXR VA O’ZBEKISTONNING ENERGETIKA SOHASIDAGI INVESTITSION HAMKORLIGI: MUAMMO VA YUTUQLARI

Muallif: Sadibekova, Bibisara Djapparovna

Annotatsiya: Bugun deyarli barcha davlatlar uchun energetika xavfsizligi bilan bog’liq muammolarni hal qilish va energetika sohasida milliy strategiyalarni ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Xitoy Xalq Respublikasi o’zining bir millarddan ortiq energiya iste’molchisiga ega bo’lgan mamlakat sifatida eng ko’p energiya ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi davlatlardan biridir. XXR energetika sektori rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, unda Xitoy o’zida mavjud an’anaviy energiya resurslaridan oqilona foydalanish, iqtisodiy o’sish va ijtimoiy himoyani ta’minlagan holda (atrof muhitni asrash maqsadida) yangi ekologik toza energiya manbalarini o’rganish va topishga yo’naltirilgan harakatlar strategiyasini tuzishni maqsad qilgan. Ekologik muammoni hal etish yo’lida an’anaviy energiya resurslari iste’molini tartibga solish, kamaytirish ortidan bu turdagi resurslar o’rniga muqobil energiya manbalaridan foydalanib ortib borayotgan iste’mol talabini qondirish muammosi yotadi.

Kalit so'zlar: energiya, energiya xavfsizligi, energetika sohasida milliy strategiya, energiya iste’molchisi

Jurnaldagi sahifalar: 664 - 674

Yuklab olish