Muallif: Abdurahimova, Laylo
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada yapon tilidagi taqlid so‘zlar, ya’ni onomatopeya so‘zlarining o‘ziga xos jihatlari hamda ularni tarjimada berish masalasini ko‘rib chiqamiz. Onomatopeya so‘zlari yapon tilida tahminan 4000 ga yaqin bo‘lib, eng keng qo‘llanuvchi til birikmasi hisoblanadi. Yapon tilida taqlid so‘zlarining o‘zbek tilidan farqli ravishda 5 ko‘rinishi mavjud bo‘lib, tovushga taqlid va harakatga taqlid eng muhim turi hisoblanadi hamda bunday so‘z turkumlarining deyarli barchasi juft va takroriy usulda yoziladi. Ushbu maqolada onomatopoetik so‘zlarning tarjimada berish masalasi va tahliliy xulosada ularning o‘zbek tilidan farqlanishiga izoh beriladi.
Kalit so'zlar: taqlid so‘z, yapon tili, onomatopeya, yapon adabiyoti, taqlid, harakat, holat, hissiyot, eshitish, ko‘rish, tarjima, ekvivalent
Jurnaldagi sahifalar: 145 - 150