Muallif: Suyunova, Barno Safarali qizi
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada Yaponiya ta’lim tizimida gender tenglik madaniyatining shakllanishi, institutsional va pedagogik innovatsiyalar orqali uning mustahkamlanishi tahlil qilinadi. Tadqiqot gender tenglik masalasini tarixiy-evolyutsion, institutsional va madaniy kontekstda ko‘rib chiqib, ta’lim siyosati, o‘quv dasturlari hamda akademik muhitdagi zamonaviy yondashuvlarning samaradorligini ilmiy dalillar asosida ochib beradi. Maqola rasmiy hujjatlar, akademik maqolalar va monografiyalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Yaponiya tajribasining nazariy va amaliy ahamiyatini yoritadi.
Kalit so'zlar: gender tenglik, Yaponiya ta’lim tizimi, ta’lim siyosati, Womenomics, ta’lim sotsiologiyasi.
Jurnaldagi sahifalar: 252 - 255