Muallif: Turobova, Maxbuba Alisherovna
Annotatsiya: Мazkur tadqiqot yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda oilaviy hayotga tayyorgarlikning shaxs kamoloti, ijtimoiy moslashuv, emotsional barqarorlik, muloqot madaniyati hamda mas’uliyat hissini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, yoshlarning nikohga bo‘lgan munosabati, oilaviy qadriyatlar tizimi, gender rollari haqidagi tasavvurlari va oilaviy munosabatlarda uchraydigan psixologik omillar yoritib beriladi. Tadqiqot davomida oilaviy muhit, ijtimoiy ta’sirlar, ta’lim muassasalari va ommaviy axborot vositalarining yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdagi roli ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan tahlil etiladi. Olingan natijalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom oilaviy munosabatlarni shakllantirish, oilaviy nizolarni oldini olish hamda oilaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: yoshlar, oilaviy hayotga tayyorgarlik, ijtimoiy-psixologik xususiyatlar, oilaviy qadriyatlar, nikohga tayyorgarlik, shaxslararo munosabatlar, emotsional barqarorlik, muloqot madaniyati.
Jurnaldagi sahifalar: 534 - 536