Muallif: Boltabayev, Saidbek
Annotatsiya: Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida komil inson tushunchasi qanday talqin etilgani tahlil qilinadi. Asarda komil inson – aql, bilim, adolat, sabr, rostgo‘ylik va ezgulik kabi fazilatlar bilan bezangan shaxs sifatida tasvirlanadi. Komil inson nafaqat o‘zining, balki jamiyatning ham farovonligini ta’minlashga intilishi kerak. Shuningdek, maqolada komil inson bo‘lish yo‘lida uchraydigan to‘siqlar ham ko‘rib chiqiladi. Bu to‘siqlarga jaholat, g‘azab va kibr, ochko‘zlik va hirs, yolg‘on va ikkiyuzlamachilik, dunyoviy istaklarga berilish kabi illatlar kiradi. Yusuf Xos Hojib bu illatlarni insonning komillikka yetishish yo‘lidagi eng katta g‘ovlar sifatida ko‘rsatadi va ularni yengish uchun bilim olish, sabr qilish, adolatga rioya qilish, qanoatli bo‘lish va chiroyli so‘z aytish kabi o‘gitlarni beradi. Maqolada, shuningdek, “Qutadg‘u bilig”da komil inson bo‘lish yo‘lida berilgan o‘gitlar ham tahlil qilinadi. Bu o‘gitlar insonning hayotiy maqsadlariga erishishi, shaxsiy va ijtimoiy muvaffaqiyatga yetishi uchun muhim yo‘l-yo‘riqlar sifatida taqdim etiladi. Ushbu maqola “Qutadg‘u bilig”ni nafaqat siyosiy va ijtimoiy asar sifatida, balki har bir shaxs uchun axloqiy qo‘llanma sifatida ko‘rib chiqishga urg‘u beradi.
Kalit so'zlar: Yusuf Xos Hojib, Qutadg‘u bilig, komil inson, axloq
Jurnaldagi sahifalar: 407 - 415