10.06.2025
10
YUSUF XOS XOJIB FALSAFIY MEROSINING HOZIRGI DAVRDAGI AHAMIYATI

Muallif: Shermuxamedova, Niginaxon Arslonovna

Annotatsiya: Yusuf Xos Hojib falsafasi uchinchi ming yillikda ham insonning axloqiy fazilatlarini tarbiyalash, jamiyat ideallarini shakllantirish va gumanitar fanlarni rivojlantirish kontekstida o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Uning g‘oyalari an’ana bilan zamonaviylik, ma’naviy qadriyatlar bilan jamiyatni amaliy rivojlantirish vazifalari o‘rtasida muloqot qurish uchun qimmatli manba bo‘la oladi. Global muammolar avj olgan, madaniy o‘zliklar va axloqiy mezonlar parchalanishga yuz tutgan bir davrda Xos Hojib kabi mutafakkirlar merosiga murojaat qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Uning adolat, halollik, jamiyatga xizmat qilish va ichki kamolot sari intilish haqidagi da’vatlari ta’lim, siyosat va madaniyat sohalarida dolzarbdir. Bu tamoyillar yangi avlodni — tanqidiy fikrlay oladigan, axloqqa asoslangan qarorlar chiqaradigan va o‘z xalqi ma’naviy ildizlari bilan bog‘liq qoladigan shaxslar tarbiyalashda poydevor vazifasini bajara oladi. Shu nuqtai-nazardan ushbu maqolada Yusuf Xos Hojib ushbu maqolada Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida ilgari surilgan falsafiy g’oyalarning hozirgi davrdagi ahamiyati Yangi O’zbekistondagi islohotlar misolida ochib berilgan

Kalit so'zlar: inson kamoloti, adolat, davlat boshqaruvi, ilm, jamiyat, mas’uliyat, falsafiy qarashlar, inson ahloqi, vatanga sadoqati, tarbiya

Jurnaldagi sahifalar: 88 - 94

Yuklab olish