Muallif: Javohir, Quvatov
Annotatsiya: Zamonaviy turk falsafasi Turkiyaning madaniy hayotini aks ettiruvchi ko‘plab ijtimoiy muammolar bilan bahslashmoqda. Zamonaviy turk faylasuflari metafizika, etika, epistemologiya va ijtimoiy falsafaga nihoyatda ko‘p urg‘u berishmoqda va asosiy izlanishlar ham aynan shu yo‘nalishda qurilmoqda. Mavjud nazariyalarni tanqidiy baholash, fanlararo istiqbollarni integratsiyalash va zamonaviy muammolar bilan shug‘ullanish qobiliyati, aynan turk ilmiy-falsafiy doiralarining asosiy landshaftini aks ettiradi. Zamonaviy turk falsafasi insoniyatning ijtimoiy muammolariga ham e’tibor bermoqda. Maqolada zamonaviy turk falsafasi namoyandalari, xususan Teoman Durali ijtimoiy-falsafiy qarashlarinig o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: ijtimoiy falsafa, zamonaviy turk falsafasi, inson muammosi, globallashuv, Niyozi Berkes, Erol Gyungor, Teoman Durali.
Jurnaldagi sahifalar: 439 - 442