10.05.2025
43
1920–1924-YILLARDA XORAZM XALQ SOVET RESPUBLIKASIDA YER-SUV ISLOHOTLARI VA ULARNING IQTISODIY TA’SIRI

Muallif: Yuldosheva, Bibirajab; Latipov, Mirshodbek Zayni o’g’li

Annotatsiya: Mazkur maqolada 1920–1924-yillar davomida Xorazmda amalga oshirilgan yer-suv islohotlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda Xiva xonligi tugatilgandan so‘ng, Xorazm Xalq Sovet Respublikasida yer va suv resurslarini qayta taqsimlash, davlat yer fondining tashkil etilishi, yersiz va kam yerli dehqonlarga yer ajratish, vaqf yerlarining davlat nazoratiga o‘tishi kabi islohotlar jarayoni yoritib beriladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida kooperatsiyalarning shakllanishi, paxta yetishtirish hajmining oshishi, soliq siyosatida bolsheviklarning sinfiy yondashuvi va majburiy mehnat asosida sug‘orish inshootlarini ta’mirlash tajribalari tahlil etilgan. Maqolada Xorazmning iqtisodiy va savdo ko‘rsatkichlari, tashqi bozorga mahsulot yetkazib berishdagi o‘sish, davlat byudjeti daromadlarining ko‘payishi hamda yer-suv siyosatining dehqonlar hayotiga ta’siri tarixiy manbalar asosida ochib berilgan.

Kalit so'zlar: XXSR, MIK majlisi, Konstitutsiya, Qurultoy, sovetlashtirish, milliy-hududiy chegaralanish, NEP, Turkkomissiya, Manifest, soliq.

Jurnaldagi sahifalar: 344 - 354

Yuklab olish