Muallif: Shavqiyeva, Dilbar Burxon qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada qattiq fazali sintez usuli yordamida olingan bariy geksaferrit (BaFe12O19) namunalarining 60Co manbaidan olingan turli dozadagi gamma-kvantlar bilan nurlantirilgandan so‘ng magnit hamda strukturaviy xossalarida yuz bergan o‘zgarishlar kompleks tadqiq qilingan. Eksperimental o‘lchashlar nurlanishdan oldin va keyin Cryogenic S700 SQUID magnitometri va rentgen-faza tahlili (XRD) usullari yordamida olib borildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, gamma-nurlanish dozasining oshishi bilan to‘yinish magnitlanishi (Ms) 52.5 emu/g dan 40.2 emu/g gacha (dastlabki dozalarda) va koersitiv kuch (Hc) 1060 Oe dan 420 Oe gacha keskin kamayishi, shuningdek material fazaviy tarkibining qayta taqsimlanishi (ikkilamchi fazalarning kamayib, asosiy fazaning ortishi) kuzatildi. Kuzatilgan ushbu magnit o‘zgarishlar kristall panjarada gamma nurlar ta'sirida hosil bo‘lgan kislorod vakansiyalari va Fe-O-Fe superalmashinuv ta'sirining zaiflashuvi bilan asoslab berildi.
Kalit so'zlar: Bariy geksaferrit, gamma-nurlanish, SQUID magnitometr, to‘yinish magnitlanishi, koersitiv kuch, kislorod vakansiyasi, radiatsion nuqsonlar, superalmashinuv o‘zaro ta'siri.
Jurnaldagi sahifalar: 211 - 218