16.04.2022
553
7 YOSHDAN 14 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALARDA OZIQLANISH MUAMMOLARI VA ULARNI OLDINI OLISHDA VITAMIN VA MINERALLARNING O‘RNI

Muallif: Raximova, Durdona Juraqulovna; Naimova, Zaynab Sattarovna; Halimova, Salomat Asrorovna

Annotatsiya: Bolalar ovqatlanish muammolari hamma davrda ham dolzarbligini yo‘qotmagan muammolar sirasiga kiradi. Hamma davrda ham bolalar ozuqasi ustida ko‘plab taniqli olimlar ishlagan. Hozirgi kunda texnika va texnologiyalar rivojlangan davrda oziq-ovqat mahsulotlarining sun’iylashishi, tabiiylikning kamayib ketishi holatlari va bunga onalarning loqaydlik bilan bee’tibor bo‘layotganlari achinarli holdir. Ayniqsa, bugungi kunda maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida ovqatlanishning buzulish holatlari, tez tayyor bo‘luvchi oziq-ovqatlar, haddan tashqari ko‘p oziq ovqat qo‘shimchalari qo‘shilgan va tuzlangan mahsulotlar (chipsilar, suxarilar), shirinliklarning ko‘p iste’mol qilishi kuzatilmoqda. Bolalar rasioni tarkibida ularning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan minerallar va vitaminlar, oqsillar yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Eng achinarlisi bu holatga ota-onalarning beetibor bo‘lishayotgani va ularning o‘zlari shu mahsulotlarni sotib olib berayotganliklaridir. Bugungi kunga kelib bolalar rasionida tabiiy mahsulotlarning keskin kamayganligi kuzatilmoqda. Bularning o‘rniga turli xildagi sun’iylashtirilgan ichimliklar, sun’iy oziq-ovqat qo‘shimchalari bilan to‘yintirilgan shirinliklar, kartoshka chipsilariyu, kotirilgan nonlar, konfetlar egallamoqda.

Kalit so'zlar: maktab yoshidagi bolalar, ovqatlanish, sun’iy oziq-ovqat qo‘shimchalari, vitaminlar, minerallar.

Jurnaldagi sahifalar: 380 - 385

Yuklab olish