Muallif: Asatulloyev, Аbrorxon Asatulloyevich
Annotatsiya: Istiqlol yillarida xalqimizning yaqin tarixi va boy madaniyatini tiklash, qomusiy allomalarimiz, ulug’ avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har tomonlama keng o‘rganish va targ‘ib etish, muqaddas ziyoratgohlarini obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu an’analari ruhida tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi va izchillik ila davom ettirilmoqda. Shuningdek, XIX-XX asrlarda O’rta Osiyo hududidan yetishib chiqqan jadid va ma’rifatparvarlarning ilm-fanning aniq, tabiiy, gumanitar sohalari va islom ilmlari bo‘yicha yaratgan asarlari tadqiqini kengaytirish va chuqurlashtirish hamda ularni asl matn va ilmiy izohli tarjima shaklida nashr etib, ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish va ilmiy muomalaga kiritish ishlariga alohida urg‘u berilgan. Shu tufayli ma’rifatparvar Abdurahmon Sayyoh Toshkandiy faoliyati va uning “Me’yor ul-axloq” asarini tadqiq etish va o’rganish, qolaversa uni axloq fanlariga joriy qilish ahamiyatlidir.
Kalit so'zlar: “Al-Isloh”, ma'rifat, ma'rifatparvar, ilm, noshir, sayohatnoma, “Me'yor ul-axloq”, ruh, nafs, mental power, supernatural power, sexual power.
Jurnaldagi sahifalar: 200 - 205