Muallif: Abdusalomov, Raximjon
Annotatsiya: Ilmiy maqolada Covid-19 pandemiyasi davrida O’zbekistonning asosiy hamkor davlatlaridan bo’lgan Xitoy va Koreya Respublikasi bilan aloqalari statistik va ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan va pandemiyaning ushbu mamlakatlar bilan munosabatlardagi salbiy va ijobiy jihatlari qiyosiy tahlil asosida yoritib berilgan. O’zbekiston Respublikasining Xitoy va Koreya Respublikasi bilan iqtisodiy-siyosiy va diplomatik munosabatlari Pandemiya boshlanishidan avvalgi bir necha yilda hamda Pandemiya davrida qanday darajada rivojlangani, Pandemiyaning o’zaro savdo-iqtisodiy aloqalarga ta’siri tahlil etilgan. Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Respublikasi O’zbekistonning eng asosiy iqtisodiy-siyosiy va diplomatik sheriklaridan bo’lib, Pandemiyaning o’zaro aloqalarga ta’sirini o’rganish Pandemiyaning ta’sirini kamaytirishga, Iqtisodiy inqirozni birgalikda yengib o’tishga, turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga yordam beradi.
Kalit so'zlar: Covid-19 Pandemiyasi, Xitoy, Koreya Respublikasi, eksport, investitsiya, import, diplomatik, hamkorlik, turizm, gumanitar yordam. vaksina