03.06.2025
27
ADVOKATLIK FAOLIYATIDA AXBOROT ERKINLIGI VA REKLAMA: MILLIY VA XORIJIY DAVLATLAR QONUNCHILIGINING SOLISHTIRMA TAHLILI

Muallif: Axmadaliyev, Abdurauf Abdurazzoq o‘g‘li; Matmurotov, Alibek Ravilovich

Annotatsiya: Taqdim etilayotgan mazkur maqolada advokatlik faoliyatida axborot erkinligi va reklama institutining huquqiy tartibga solinishi masalalari qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil etilgan. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida advokatlarning axborot berish va o‘z xizmatlarini reklama qilishdagi huquq va majburiyatlari hamda bu borada dunyo miqyosida rivojlangan huquqiy tizimlarga ega davlatlarning tajribasi qiyosiy tahlil qilindi. Axborot erkinligi prinsipi va uning advokatlik faoliyatiga ta’siri, advokatlik faoliyatida reklamaning huquqiy chegaralari, shuningdek reklama faoliyatini tartibga solishning samarali mexanizmlari o‘rganilgan. Maqola yakunida ijobiy xorijiy tajriba asosida O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati doirasida axborot tarqatish va reklama yuritish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar va takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: advokatura, advokatlik faoliyati, axborot, axborot erkinligi, reklama, huquqiy tartibga solish, axborot tarqatish erkinligi, huquqiy cheklovlar.

Jurnaldagi sahifalar: 151 - 160

Yuklab olish