Muallif: Annakulov, O.Sh.
Annotatsiya: Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik subyektlari faoliyatining rivoji hamda barqarorligi albatta, birinchi navbatda uning mukammal va qat’iy huquqiy asoslari mavjudligiga tayaniladi. Shunday ekan, agentlar faoliyatini tartibga soladigan, faoliyat tartibini belgilab beradigan huquqiy asoslarning qonunchiligimizda to`la-to`kis va aniq belgilanishi ushbu fuqarolik munosabatlarning ham keng qamrovda rivoj topishiga olib keladi. Ayni vaqtda fuqarolik qonunchiligimizda vositachilar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan bir qancha normalar mavjud bo`lsada, biroq ular agentlar faoliyatiga doir ba`zi munosbatlarni qamrab ololmaganligi sababli amaliyotda kichik muammolarga sabab bo`lmoqda. Shunday ekan, ushbu sohada yetarlicha asosli, keng qamrovli fuqarolik qonun hjjatlarini yaratish kelgusi ushbu soha yutuqlariga keng yo`l ochgan bo`lardi.
Kalit so'zlar: agent, vositachi, vositachilik shartnomasi, delkredere, komitent, uchinchi tomon.
Jurnaldagi sahifalar: 348 - 353