08.10.2021
387
Ahmadova, U. S. Q. (2021). “PERIFRAZA” ATAMASI VA UNING NOMLASHDAGI O ‘RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 431-442.

Muallif: Ahmadova, Umidaxon Shavkat qizi,

Annotatsiya: Maqolada perifrazalarning jahon lingvistikasida, jumladan, o‘zbek tilshunosligida ham bir qadar nazariy qarashlar asosida o‘rganilganligi, olamning lisoniy manzarasini nomlashdagi o‘rni, nutqimizni ta’sirchan, aniq, mantiqan pishiq, jozibador va betakror bo‘lishi uchun xizmat qilishi, shu bilan birga, ona tilimizning boyligini, ma’no imkoniyatlari benihoya kengligini ko‘rsatuvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanishi asoslangan. Perifrazaning murakkab tabiatli hodisa ekanligi, uning o‘rganilish tarixi, o‘zbek tilshunosligida perifrazaga bag‘ishlangan tadqiqotlarning nazariy jihatlari, o‘ziga yondosh hodisalar bilan aloqadorligi, umumfilologiyada yagona nom bilan atalishi, til va nutqdagi o‘rni, dunyo tilshunosligida perifrazalogiyani ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganishda ularning hosil bo‘lish yo‘llari, mavzuviy guruhlari, semantik-struktur turlari, periferik birikmalarning tipologik xususiyatlari bo‘yicha keng qamrovli tadqiqotlar olib borilayotganligi to‘g‘risida mulohaza yuritilgan.

Kalit so'zlar: Perifraza, til, tilshunoslik, XXI asr, muloqot, nutq, Arastu, I.Z.Ilina, V.P.Utkina, I.R.Galperin, V.P.Grigorev, R.Qo‘ng‘urov, A.Hojiev, I.E.Umirov, H.Shamsiddinov, D.Aytboyev.

Yuklab olish