25.07.2023
200
AKVAREL TEXNIKASIDA RANGLAR LOYQALANSHNING OLDINI OLISH SHARTLARI

Muallif: Yunusaliyev, M.T.

Annotatsiya: Akvarel bo’yoqlaridan pleneer amaliyoti topshiriqlarini bajarish jarayonida talabalar tomonidan yo’l qo’yilgan texnologik xatolarga munosabat bildirib shuni ma’lum qilamanki, aksariyat talabalar akvarelda rangtasvir ishlashning texnologik jixatlarining nozik nyuanslari haqida to’liq amaliy tajriba va ma’lumotga ega emasliklari yoki ushbu mavzuga etiborsizliklari ma’lum bo’ldi. Bundan ko’rinib turipdiki usbu mavzu yuzasidan ularda yetarli darajada tajriba va ko’nikma yo’q. Shuni nazarda tutgan holda quyida, talabalar amaliy mashg’ulotlar jarayonida qatiy rioya qilishlari shart bo’lgan bir qator amallar hamda ushbu mavzuga oid ranglar nazariyasi bo’yicha rangshunoslik texnologiyasining ayrim jixatlari hususida talabalarga maslahatlar berildi. Biroq usbu shartli amallarni doimiy ravishda bajarish uchun ko’proq pleneerda etyudlar yozishni yo’lga qo’yish juda muhim bo’lib, talabalardan tinimsiz izlanish talab qilinadi. Faqat shundagina talabalar ma’lum bir tajribaga ega bo’lib, yuqorida aytib o’tilgan xato va kamchiliklardan holi bo’ladilar. Natijada ushbu mavzu yuzasidan ularda amaliy bilim va ko’nikma hosil bo’ladi. Ushbu maqolada akvarel bo’yoqlarida rangtasvir ishlash texnikasining o’ziga hos hususiyatlari yuzasidan muammoli vaziyatni yechimlari tahlili berilgan.

Kalit so'zlar: Akvarel, texnologiya, texnik usul, rangtasvir, grafika, shaffof, yorqin, ranglar doirasi, iliq ranglar, sovuq ranglar, lessirovka, ultramarin, palitra, bosqicma-bosqich, qatlamli usul, meyyor, miqdor, hususiyat, mahorat, bilim, tajriba, ko’nikma, metodika, tahlil, yengil, jozibadorlik, tur, dastgohli rangtasvir, ta’mirlash, ko’rgazma, namoish, mohirlik, loyqa rang, tus, ijod, kalka, bo’yoq malekulasi, nazariya, tonallik, sifat.

Jurnaldagi sahifalar: 269 - 276

Yuklab olish