11.09.2026
17
ALAN GAZ KONI MISOLIDA ISHLAB CHIQILGAN GIDRAVLIK HISOB USULLARINING AMALIY TATBIQI VA TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGI

Muallif: Rahimov, Ashraf Rasul o‘g‘li; Usmonov, Kuvonchbek Mannonovich; Buronov, Firdavsiy Eshburiyevich

Annotatsiya: Maqolada bosimga bog‘liq nolinear filtratsiya nazariyasi asosida ishlab chiqilgan gidravlik hisob usullarining Qashqadaryo viloyatidagi Alan gaz koni misolida amaliy tatbiqi va texnik-iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Quduqning mahsuldorlik egri chizig‘i (IPR) hisoblab chiqilgan va texnik-iqtisodiy optimal ishlash rejimi (Qopt≈336 ming m³/kun) aniqlangan. Konni to‘liq o‘zlashtirish uchun optimal quduqlar soni (13 ta) texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida belgilangan. An'anaviy (klassik Darsi modeliga asoslangan) va taklif etilgan yondashuvlar bo‘yicha 10 yillik davrni qamrab oluvchi sof joriy qiymat (NPV) hisob-kitoblari solishtirilgan, natijada taklif etilgan yondashuv 5 mln AQSH dollari miqdorida yuqori NPV va 21% umumiy iqtisodiy samaradorlik oshishini ta'minlashi ko‘rsatilgan. Monte-Karlo simulyatsiyasi asosida iqtisodiy xatarlar baholangan, burg‘ilash xatarlarining 32% ga, jihozlar resursidan foydalanishning 15% ga yaxshilanishi asoslangan. Ekologik xavfsizlik jihatlari va konni Qashqadaryo viloyatidagi boshqa konlarga (Zevarda, Ko‘kdumaloq, Sho‘rtan) tatbiq etish imkoniyatlari ham yoritilgan.

Kalit so'zlar: gidravlik hisob-kitob, mahsuldorlik egri chizig‘i, optimal debit, sof joriy qiymat, texnik-iqtisodiy samaradorlik, Monte-Karlo simulyatsiyasi, Alan gaz koni.

Jurnaldagi sahifalar: 313 - 319

Yuklab olish