Muallif: Qahramonov, Samandar
Annotatsiya: Ushbu maqolada Ali Shariatiyning ijtimoiy va falsafiy qarashlari tahlil qilinadi. Shariatiy islomni faqat diniy e’tiqod tizimi sifatida emas, balki ijtimoiy adolat va ozodlik uchun kurash vositasi sifatida talqin qilgan. Uning g‘oyalari G‘arb falsafasi, xususan, ekzistensializm va marksizm ta’sirida shakllangan bo‘lib, ularni islomiy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilgan. Maqolada Shariatiyning “haqiqiy islom” va “rasmiy islom” haqidagi farqlash tamoyili, uning Eron Islom inqilobiga ta’siri hamda fikrlarining bugungi dolzarbligi tahlil qilinadi. Shariatiyning diniy va ijtimoiy falsafasi jamiyatni o‘zgartirish va inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, u hozirgi kun uchun ham muhim nazariy manba hisoblanadi
Kalit so'zlar: Ali Shariatiy, islomiy falsafa, ijtimoiy adolat, inqilob, haqiqiy islom, rasmiy islom, Eron Islom inqilobi, ekzistensializm, marksizm, diniy tafakkur.
Jurnaldagi sahifalar: 110 - 114