Muallif: Ortikov, Uktamjon Xudoyberdi o‘g‘li
Annotatsiya: Mazkur maqolada Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan diniy tushunchadagi makon bildiruvchi so‘zlar va iboralarning lingvomadaniy, semantik va uslubiy xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida bu birliklarning poetik matndagi ramziy, metaforik, allegorik va tasavvufiy vazifalari ochib berildi. Navoiy tilida ishlatilgan diniy makon nomlari — masjid, Ka’ba, jannat, do‘zax, arsh, kursi, sirat, maqom va shu kabi birliklar shoirning ruhiy-falsafiy qarashlarini ifodalovchi estetik vosita sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada ushbu birliklarning poetik iboralar tarkibidagi roli, emotsional ta’siri va uslubiy funksiyalari lingvopoetik yondashuv asosida izohlangan. Xulosa o‘rnida, bu so‘zlar Navoiy badiiy tafakkurining chuqurligini, tasavvufiy dunyoqarash bilan uyg‘unligini va o‘zbek tilining badiiy imkoniyatlarini yuksak darajada aks ettirishi ta’kidlangan.
Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, diniy makon, tasavvuf, lingvomadaniyat, poetik metafora, jannat, do‘zax, Ka’ba, arsh, sirat, maqom, badiiy tahlil, semantika, uslubiy vosita, estetik ramz.
Jurnaldagi sahifalar: 272 - 287