19.03.2025
98
ALISHER NAVOIY IJODIDA TARIXIY OBRAZGA O’ZGACHA YONDASHUV

Muallif: Razzoqov, Alisher

Annotatsiya: Ushbu maqolada tasavvuf tarixida koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgan mashhur soʻfiy Mansur Halloj obrazining Navoiy asarlaridagi talqini haqida soʻz yuritiladi. Maqolada Mansur Halloj va Navoiyning unga bo'lgan munosabati, tarixi va taqdiriga ob'ektiv ilmiy yondashuvni o'rganish maqsad qilingan. Muhokama qilingan mavzuni o'rganish uchun tasavvuf tarixi va nazariyasiga oid klassik manbalar va sharhlar, Navoiy nasriy asarlaridagi Halloj xarakterining talqini uslubiy asos qilib olingan. Maqolaning asosiy manbasi sifatida Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonidagi Halloj hikoyati tanlandi. Bu hikoyatni Attorning “Mantiq ut-tayr” asaridagi Halloj qissasi bilan solishtirib, Attor va Navoiyning tasavvufiy qarashlari o‘rtasidagi tafovutlar o‘rganildi Navoiy Halloj obrazi vositasida naqshbandiya tariqatiga xos mo'tadil tasavvufiy qarashlarni talqin qiladi.

Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, Farididdin Attor, Mansur Halloj, tasavvuf, badiiy adabiyot, badiiy obraz, timsol.

Jurnaldagi sahifalar: 265 - 278

Yuklab olish