Muallif: Tursunaliyeva, Dilora Dilmuhammad qizi; Ikramova, I.R.
Annotatsiya: Turkiy xalqlarning “shams ul-millat”i bo‘lgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy jahon adabiyoti xazinasini o‘zining hassos she’riyati, buyuk “Xamsa”si, fan sohalarining turli tarmoqlariga bag‘ishlangan boy ilmiy merosi bilan boyitgan so‘z san’atkoridir. O‘z ijodiy merosida 26 mingdan ortiq lug‘at boyligidan foydalangan bu buyuk daho mana besh asrdan oshibdiki, asarlaridagi chuqur falsafiy mushohadakorlik, ma’no-mohiyatning keng ko‘lamdagi va nazmiy merosidagi fasohat dengizining bepoyonligi bilan jahon ahlini hayratga solib keladi.
Kalit so'zlar: “Qush tili”, “Xamsa”, “Munojot”,”Siroj ul-muslimin”, Fariddin Attor, “Mantiq ut-tayr”.
Jurnaldagi sahifalar: 390 - 396