07.09.2022
503
“AL-JAZIRA” VA “AL-ARABIYA” MINTAQADAGI ZAMONAVIY NIZOLAR TAHLILI

Muallif: Toshtemirov, Oyatillo Rasuljon o‘g‘li

Annotatsiya: Insoniyat tarixidagi ziddiyatlar tarixi chuqur ildizga ega diplomatik jarayon hisoblanadi. XXI asrga kelib insoniyat mojarolarining tabiati noan’anaviy urushga aylandi. Bunday mojarolardan Saudiya Arabistoni va Qatar o‘rtasidagi mojaro 2017-yil 5-iyun kuni boshlangan Saudiya Arabistoni va boshqa to‘rt arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzganidan keyin boshlangan mojarodir. Mazkur mintaqaviy mojaroda ommaviy axborot vositalari Al-Jazira va Al-Arabiyaning o‘rni muhim hisoblanadi. Maqolada Saudiya Arabistoni va Qatar o‘rtasidagi axborot urushida ommaviy axborot vositalari Al-Jazira va Al-Arabiyaning o‘rni tahlil qilingan. Bunda ikki davlat o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar, mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni yoritib o‘tishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: diplomatik mojaro, media ramkalar, Al-Jazira, Al Arabiya, Saudiya Arabistoni,Qatar.

Jurnaldagi sahifalar: 352 - 360

Yuklab olish