Muallif: Аllayarova, Marhabo Mavlanovna
Annotatsiya: San’at insoniyatning badiiy va estetik ijodining ma’naviy va amaliy mahsuli, estetik faoliyati va ehtiyojini qondirishning o‘ziga xos usulidir. Bunda san’atning inson ma’naviyatining mahsuli ekanligini va u noyob va betakrorligi bilan inson ruhiyatini junbushga keltiradigan va unga ruhiy qudrat bag‘ishlaydigan kuch ekanligini anlash kerak bo‘ladi. Shunga kura san’atning ushbu xususiyatini o‘rganish va tahlil qilish ilm fan oldidagi asosiy vazifalardan biridir. Maqolada san’atdagi his-tuyg‘u va tafakkur uyg‘unligi, uning estetik ong shakli va estetik faoliyatni belgilaydigan muhim jihati ekanligi ochib beriladi. Uning ma’naviyat tizimining tarkibiy qismi sifatida ma’naviyat fenomeni maqomida amal qilishining zaruriy sharti ekanligi tahlil etiladi. Ijtimoiy ong shakllari san’atdagi his-tuyg‘u va tafakkur uyg‘unligi orqali o‘zaro funksional aloqaga kirishadilar va jamiyat ma’naviy hayoti maqomida amal qiladilar, qadriyatlarga aylanadi. Shu ma’noda san’at faqat ma’naviyatni kamol toptirish, yuksaltirish omili emas, balki uning mavjudlik usuli, mezoni bo‘lib hisoblanadi. San’atning ma’naviyat tizimi tarkibida tutgan xuddi ana shu funksional, tizim tashkil etuvchi xususiyati tadqiqotchilarning e’tiboridan chetda qoladi
Kalit so'zlar: tizim, uyg‘unlik, estetik ong, рационализм, классицизм, san’at, tafakkur, axloqiylik, ma’naviylik, феномен.