02.05.2023
370
“ALPOMISH” DOSTONINI O‘QITISHDA TALABALARNI FAOLLASHTIRISH YO‘LLARI

Muallif: Azimova, Gulmira Nizomjon qizi

Annotatsiya: Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayonida qo‘llashga boʻlgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bunday boʻlishining sabablaridan biri: shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga oʻrgatilgan boʻlsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini oʻzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʻrganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʻzlari keltirib chiqarishlariga oʻrgatadi. Oʻqituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yoʻnaltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega boʻlishlarini ta’minlaydi.Ushbu maqolamizda o‘quvchilarga “Alpomish” dostonini o‘qitishda “Sharhlab o‘qitish” usulining samaradorligi haqida fikr-mulohazalar berilgan.

Kalit so'zlar: doston, interaktiv metod, zamonaviy texnologiya, arxaik soʻzlar, tarixiy soʻzlar, dialektizm, arab-fors soʻzlar, lingvistik sharh, tarixiy-milliy sharh.

Jurnaldagi sahifalar: 769 - 777

Yuklab olish