07.02.2023
503
AMIR TEMURNING HINDISTONGA YURISHI

Muallif: Bebitov, Maqsud Abdirasulovich; Abdullayeva, Mushtariy G’ofurjon qizi

Annotatsiya: Amir Temur 1398-yil mart oyida Hindistonga jihod qilishini eʼlon qilib, harakatga tushdi. Kobul viloyatini egallagandan so‘ng Panjob va Sind daryolaridan o‘tib, Hindistonning mashhur Batnir qal’asini egallab, Dehliga yetib boradi. 1398-yil dekabriga kelib, u Hindiston shimolidagi musulmonlardan boshqa fath qilib butunlay egallab oldi. Buddistlar va hindular yashagan joylarni vayron qilib, 1399-yil 29-aprelda koʻplab fillar va oʻljalar bilan oʻz mamlakatining poytaxti Samarqandga qaytib keladi. Shu tariqa Amir Temur Hindiston yurishida ko‘zlagan g‘alabaga erisha olgan bo‘sada uning vafotidan so‘ng Hindiston diyori ko‘p o‘tmasdan Temuriylar davlati tasiridan chiqdi . Biroq keyinchalik oʻrta osiyolik turkiy hukmdorlar Hindistonga kelib, oʻrnashib olishga muvaffaq boʻldilar. Shunday qilib, Hindiston shimolida asrlar davomida musulmon-turk hukmronligi davom etdi va Amir Temur bu hukimronlikni boshlagan shaxs sifatida tarixga kirdi.

Kalit so'zlar: Hindiston, Batnir, Dehli, G‘azna, Amir Temur, Panipat, Seyid Hizixon, Sulton Maxmut, Malluxon, Panjob.

Jurnaldagi sahifalar: 676 - 683

Yuklab olish