12.02.2026
3
AMOKSIKLAV DORI VOSITASI VORDAMIDA LOR-INFEKSIYALARINING TERAPIYASI VA PROFILAKTIKASI

Muallif: Ro‘ziboyev, Xudoyshukur Yusupovich

Annotatsiya: Mazkur tadqiqot LOR organlari infeksiyalari bilan kasallangan bemorlarda himoyalangan penisillin guruhi vakili bo‘lgan “Amoksiklav” preparatining antibakterial samaradorligi va profilaktik imkoniyatlarini baholashga bag‘ishlangan. Izlanishda 30 nafar bemor (20 nafar kattalar va 10 nafar bolalar) ishtirok etdi. Preparat 3–10 kun davomida yoshga mos dozada qo‘llanildi. Davolash samaradorligi klinik va laborator ko‘rsatkichlar asosida baholandi. Natijalar “Amoksiklav” tana haroratini normallashtirishi, yallig‘lanish belgilarini bartaraf etishi, intoksikatsiya darajasini kamaytirishi hamda qon ko‘rsatkichlarini me’yorga keltirishini ko‘rsatdi. Nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmadi. Olingan ma’lumotlar “Amoksiklav” preparatini LOR infeksiyalarini davolash va jarrohlikdan keyingi infeksiyalar profilaktikasida samarali va xavfsiz vosita sifatida tavsiya etish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: Amoksiklav, antibiotiklar, LOR organlari, infeksiyalar, antibakterial terapiya, pediatriya, jarrohlik profilaktikasi, antibiotiklarga rezistentlik.

Jurnaldagi sahifalar: 485 - 489

Yuklab olish