04.01.2025
34
ANALISIS JENIS KESALAHAN KATA DALAM PENULISAN ESEI PENDEK BAHASA MELAYU PELAJAR BUKAN NATIF

Muallif: Sabariah, Sulaiman; Bekkulov, Erkin Raimovich

Annotatsiya: Malay tili ona tilisi bo‘lmagan ko‘p insonlar malay tilida insho yozishda qiyinchiliklarga duch kelishadi, bu esa malay tilida gap tuzishda ko‘p xatolarga olib keladi. Shu sababli, ushbu tadqiqotimizda so‘zlardan foydalanishga e’tibor qaratish va har bir xatoni to‘g‘irlash bo‘yicha takliflar berish, hamda xato turini aniqlashga harakat qilindi. O‘zbekistondagi malay tilida tahsil olayotgan universitet talabalari tomonidan yozilgan o‘nta qisqa insholar o‘rganilib, analitik usulidan foydalanilgan holda tahlil qilindi. 45 daqiqa ichida yozilgan va 100ta so‘zdan ko‘p bo‘lmagan “O‘zini tanishtirish” nomli insho Chorder nazariyasi asosida so‘z qo‘llanish jihatidagi xatolar tahlili shuni ko‘rsatdiki, ya’ni uch xil so‘z xatosi topildi. Eng tez-tez uchraydigan xatolar yordamchi so‘zlarni qo‘llashda, keyin esa sifat va qo‘shimchalardagi xatolardir. Umid qilamizki, ushbu tadqiqotimiz natijalari mahalliy (Malayziyalik) bo‘lmagan o‘qituvchilar va talabalarga malay tilida yozish sifatini oshirishda foydali va manfaatli bo‘ladi.

Kalit so'zlar: yozish; qo‘shimchalar; bog‘lovchi; kesim aniqlovchi so‘z; (malay tili) ona tilisi bo‘lmaganlar

Jurnaldagi sahifalar: 263 - 274

Yuklab olish