20.11.2022
260
ANOR AGROBIOTSENOZI ZARARKUNANDA HASHAROTLARIGA DOIR TADQIQOTLAR TAHLILI

Muallif: Umurzaqova, Xosiyatxon Saydali qizi

Annotatsiya: Maqolada Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston sharoitida anorzor zararkunanda hasharotlarining o‘rganilish tarixi bayon etilgan. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘tgan bir asrdan ortiq davr mobaynida anor zararkunandalari turli yo‘nalishlarda tadqiq etib kelingan. Ularni quyidagi uchta bosqichga bo‘lish mumkin: O‘zbekiston entomofaunasining dastlabki o‘rganilish davri; 20-asrning ikkinchi yarmida olib borilgan entomologik izlanishlar davri hamda Mustaqillik yillaridagi entomologik tadqiqotlarning taraqqiy etish davri. Barcha davrlarda ham anorzorlarda uchrovchi zararli turlar tadqiq etilgan. Shunga qaramay, alohida olingan hududlarda kompleks tadqiqot natijalari nisbatan cheklangan. Bu esa, o‘z navbatida, keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borish zarurligini taqozo etadi.

Kalit so'zlar: anor agrobiotsenozi, fitofag, zararkunanda, shiralar, qalqondorlar, entomofaglar, olimlar, tadqiqot davrlari.

Jurnaldagi sahifalar: 312 - 320

Yuklab olish