01.11.2022
251
ASALARI BILAN ISHLASH QOIDALARI. ASALARIGA JOY TANLASH VA ULARNING OILASINI BAHOLASH

Muallif: Po‘latov, Sarvar Mustafoyevich; Qo‘chqorov, Abdukarim Nuriddinovich; Aminova, Shoira Furqat qizi

Annotatsiya: Asalarichi asalari oilasi bilan ishlash uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rish lozim. Asalarichi qish mavsumida asalari uchun kerakli bo‘ladigan barcha jihozlarni, yangi ramka, mumparda, asalari qutisi va boshqa ish qurollarini tayyorlab qo‘yishi lozim. Aks holda bahorda asalari oilasiga qarov o‘tkazish davrida, qilinadigan ishlarni bajarishga vaqt bo‘lmasligi mumkin. Asalarilar uchun tanlangan maydonchalarda asalari oilalarini joylashtirishga alohida eʻtibor berish lozim. Ular birtekisda, shaxmat usulida qatorlab qo‘yilishi kerak va uyadagi qo‘yilgan raqamlar ochiq ko‘rinishi lozim. Asalari qutilari quyosh nuridan himoyalanishi hamda asalarilarni mo‘ljal olib uchishiga yordam beruvchi daraxtlar, inshootlar bo‘lishi kerak.

Kalit so'zlar: Asalari, ona asalari, asalari oilasi, uya, mumparda, ramka, gulshira.

Jurnaldagi sahifalar: 1170 - 1176

Yuklab olish