05.07.2022
364
ASALARI OILASI HAQIDA TUSHUNCHA. ASALARI ZOTLARINI TANLASH

Muallif: Po‘latov, Sarvar Mustafoyevich; Qo‘chqorov, Abdukarim Nuriddinovich; Aminova, Shoira Furqat qizi; Haydarov, Maqsud Abduvohidovich; To‘raqulova, Shaxnoza Sarvar qizi

Annotatsiya: Rivojlangan mamlakatlarda asalarichilik tizimiga innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, jahon genofondiga mansub mashhur asalari zotlari va tiplarini yaratish, mahalliy zotlarni takomillashtirish orqali har bir asalari oilasidan kamida 50-60 kg.gacha asal olishga, ming turli xastaliklarga shifo bo‘ladigan asalari mahsulotlari hosildorligini oshirishga erishilmoqda. Hech shubha yo‘qki, asalarichilik tom ma’noda boylik, oilaga qut-baraka olib keladigan sohadir. Hovlisida asalari boqayotgan, uning naslchiligi, ilmi bilan shug‘ullanayotgan kishilardan bir so‘rang, foydasi qanday deb, ular havasingizni keltirib so‘zlaydi, asaldan bir tatib ko‘ring, deydi. Ana shu kasb bilan hamma ham shug‘ullansangiz bo‘ladi.

Kalit so'zlar: Asalari, ona asalari, ishchi asalari, truten, tuxum, lichinka, g‘umbak, juftlashish, mumkatak, aborigen zot.

Jurnaldagi sahifalar: 1387 - 1393

Yuklab olish