Muallif: Haydarov, Maqsudbek Abduvohidovich; Aminova, Shoira Furqat qizi; Po‘latov, Sarvar Mustafoyevich; To‘raqulova, Shaxnoza Sarvar qizi; Muxiddinova, Nozima Faxriddin qizi,
Annotatsiya: Asalarichilik sohasida asalarichidan bir qancha zarur va maxsus bo`lgan chora va tadbirlar talab etiladi. Bazi hollarda arilarda biron xil xastalik uchrasa ularning ozuqasi bo`lgan-qiyomga kerakli dorilar ham qo`shilishi mumkin. Umuman olganda 4 litr qiyomga 1 gramm titrasiklin qo`shiladi. Uyadagi asal hajmiga qarab qo`shiladigan dorilar ortib boradi yoki kamayadi. Shuningdek qo`shimcha oziqlantirish o`z ichiga 6 ta oyni qamrab oladi va ularning har birida ma`lum bir ajralib turuvchi xususiyatlar va o`zgarishlar hisobga olinadi. Oktyabr oyida asalarilar ko`chining og`irligi va nam havoda ularning oziqlanishi tekshirilsa, noyabr oyida esa oilaning kuchi baholanadi va uyalar qishga tayyorlanadi.
Kalit so'zlar: Asalari, ozuqa, yacheyka, titrasiklin, qiyom, zahira, harorat, oila kuchi, uya.
Jurnaldagi sahifalar: 1401 - 1406