13.06.2023
275
ASALARI SUTI VA UNING ASALARICHILIKDAGI AHAMIYATI

Muallif: Azizova, N.A.; Bakayeva, Sh.B.

Annotatsiya: Maqolada aynan Buxoro sharoitida asalari sutini hosil bo‘lishi, olinishi, kimyoviy tarkibi va ona asalari yetishtirishdagi ahamiyati haqida maʼlumotlar keltirilgan. Asalari onalik suti asalari qurtchalarini boqish va ulardan ona ari, ishchi va erkak arilarni voyaga yetkazish uchun boquvchi asalarilar (yosh ishchi arilar) tomonidan ishlab chiqariladi. Asalari suti asosan asalari oilasida ona malikaga bo‘lgan ehtiyoj bo‘lgandagina ishlab chiqariladi. Asalari suti ona asalari yetishtirishda katta ahamiyatga ega. Buxoro viloyatida asalari sutiga lichinkalarni payvand qilib ona asalari olishda ishlatildi.

Kalit so'zlar: Sifatli ona, gul changi, tuxum naychalari, nazorat guruhi, tajriba guruhi, ona asalari, asalari tuxumidan ona asalari yetishtirish, tarbiyalanuvchi asalari oilasi, asalari lichinkasidan ona asalari yetishtirish, plastmassa kosacha, qanot uzunligi, qanot kengligi, 3-tergit, 3-sternit

Jurnaldagi sahifalar: 334 - 340

Yuklab olish