04.12.2022
314
ASALNING TASNIFI VA KIMYOVIY TARKIBI

Muallif: Jamolov, R.Q.; Xatamova, D.M.; Xolmatova, M.A.

Annotatsiya: Asal murakkab tarkibli modda bo’lib, unda 42 xilgacha qand mavjud; glyukoza, fruktoza, saxaroza, maltoza, maltotrioza, turanoza, izomaltoza, erloza, melibiozalar va boshqa xil uglevodlar uchraydi. Asal tarkibida glyukoza 31-38%ni, fruktoza 38-43%ni, 2-4%gacha saxaroza, qamish, qandlavlagi qandi kabi disaxaridlar bo’ladi. Asal tarkibiga murakkab uglevodlardan dekstrin (kraxmalning to’liq parchalanmagan holati) kirib, 2-5%dan 14%gacha uchraydi, azotli oqsil moddalar asalda 0,1% dan 1,5% gacha, o’rtacha 0,4-0,8%ni tashkil qiladi.

Kalit so'zlar: Asal, asalari, uglevod, glyukoza, fruktoza, saxaroza, maltoza, maltotrioza, turanoza, izomaltoza, erloza, melibiozalar, dekstrin, kraxmal, oqsil.

Jurnaldagi sahifalar: 1031 - 1036

Yuklab olish