25.10.2023
173
ASLIYAT USLUBINING FRAZEOLOGIZMLARNI QO‘LLASHDA NAMOYON BO‘LISHI

Muallif: Zuhriddinov, Biloliddin Xiloliddin o‘g‘li

Annotatsiya: Ma’lumki, badiiy asarlarni bir tildan ikkinchi tilga o‘girishda erkin birikmalarni tarjima qilish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Aksincha, ko‘chma ma’noda qo‘llanilgan turg‘un birikmalarni, ayniqsa, frazeologik birliklarni tarjima qilish qiyin kechadi. Tilning leksik birliklariga nisbatan birmuncha murakkab tarkibli lisoniy vositalari bo‘lmish frazeologik birliklarni tarjimada adekvat talqin etish tarjima amaliyotining o‘ta murakkab va, shu bilan birga, juda mas’uliyatli masalalaridan hisoblanadi. Chunki frazeologik birliklar nutqning badiiy-tasviriy vositalari sifatida fikrning oddiy, betaraf bayonidan ko‘ra ko‘proq turli-tuman uslubiy vazifalarni ifoda etishda ishtirok etadilarki, ularning ushbu vazifalarini hisobga olgan holda, ularni tarjimada bejirim talqin etishga intilish badiiy asarning obrazli hamda hissiy tasviriy qiymatini qayta yaratish yo‘lidagi jonbozlik bilan chambarchas bog‘liqdir. Frazeologik birliklarni tarjima qilishning o‘ta murakkab amaliy jarayon ekanligi asosan mazkur birliklar tabiatiga – ularning leksik, semantik va qurilish jihatlaridan murakkabligiga vobastadir. Boz ustiga, talay frazeologizmlar milliy xususiyatga egadirlarki, bu hol ham tarjimonlar oldiga qator amaliy qiyinchiliklarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi.

Kalit so'zlar: Deyimler, atasözler, frazeologik birlik, realiya,

Jurnaldagi sahifalar: 196 - 200

Yuklab olish