Muallif: Bazarova, Xolida Ergashevna
Annotatsiya: Maqolada o’zbek zamonaviy she’riatining taniqli vakili Asqar Mahkam ijodiga mansub „Tabriz daftari“, „Vahdat kuyi“ tarkibiga kiritilgan she’rlar mumtoz adabiyotga xos bo’lgan xususiyatlar an’anaviyligiga ko’ra tahlil qilindi. Tahlil markaziga she’rlarda qo’llangan hilol, oy, mehrob, valiy so’zlarining ma’no taraqqiyoti, shuningdek, „imon“ tushunchasining imom Buxoriy, Yassaviy, Navoiy ijodida ishlatilishi, bu tushunchaning Asqar Mahkam she’rlarida qo’llashdagi ahamiyati, an’anaviyligi, salaflarning falsafiy tamoyillariga hamohangligi haqida fikr yuritildi.
Kalit so'zlar: Asqar Mahkam, „Tabriz daftari“, „Vahdat kuyi“; mehrob, valiy, imon, hilol, oy tushuncha va so’zlari; germenevtik tahlil, filologik va ilmiy tahlil
Jurnaldagi sahifalar: 185 - 190