Muallif: Sa’dullayev, Shohjahon
Annotatsiya: Mazkur maqola zardushtiylikning asosiy manbasi – Avesto tahliliga qaratilgan bo‘lib, Ko‘hna Avesto matnlari bilan Yangi Avesto matnlari qiyoslangan. Ko‘hna Avesto (gohlar) matnlaridagi diniy qarashlar tahlil qilinib, undagi yakka xudolik tamoyilining vaqt o‘tishi bilan qayta tiklangan Yangi Avesto matnlaridagi ko‘pxudolik tamoyiliga o‘zgarganligi, politeizm unsurlarining mustahkamlanganligi ko‘rsatib beriladi. Ahura Mazda markaziy iloh sifatida tasvirlansa-da, mitraizm va alohida atributlarga sig‘inish hamda boshqa e’tiqod shakllarining zardushtiylikka ta’sir qilgani yoritiladi. Shuningdek, bu jarayonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy sabablariga ham e’tibor qaratiladi. Maqola Avestoning tarixiy rivojlanishini tushunishga yordam beradi.
Kalit so'zlar: Zardusht, zardushtiylik, Mazda Yasna, gohlar, emanatsiya, atribut, moniylik, xristianlik, vedalar.
Jurnaldagi sahifalar: 225 - 234