04.02.2023
418
“AVESTO”DA SOG‘LOM AVLODNI TARBIYALASHNING SOTSIAL JIHATLARI XUSUSIDA

Muallif: Akramov, Xasan

Annotatsiya: Maqolada Sharq xalqlarining muqaddas yozma merosi “Avesto”da jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalashda jismoniy sog‘lomlashtiruvchi tadbirlar, jismoniy mehnatning o‘rni va bu borada oila va jamoa a’zolariga, xususan ayol va erkaklarga ko‘rsatilgan alohida munosabatlarning ayrim ijtimoiy hamda axloqiy jihalari yoritilgan. Maqolada yoshlarni ham ma’nan, ham jismonan kamol toptirishdagi o’sha davr texnologiyalari yoritib berilgan. “Avesto”da oila muqaddasligi, undagi tarbiyaviy jarayonlar, jismoniy chiniqtirish, o’g’il va qiz bolalarni o’ziga xos ravishda tarbiyalash hamda jamiyatga sog’lom avlodni shakllantirib berish masalasi keltirib o’tilgan. Zardo’shtiylikda jamiyat talab etgan jarayonlarni olg’a surish masalasi ham keltirilgan. “Avesto”dagi ayrim so’z birikmalarining genezesi va ma’no-mohiyatlari ochib berilgan. “Axuramazda” va “Ahriman”lar o’rtasidagi kurashda sog’lomlikning muhim jihatlari to’g’risida gapirib o’tilgan.

Kalit so'zlar: avesto, zardushtiylik, sog‘lom avlod, tarbiya, ijtimoiy, oila va jamoa, ayol va erkak, jismoniy tadbirlar, jismoniy mehnat, tabiat, axloq.

Jurnaldagi sahifalar: 885 - 893

Yuklab olish