28.12.2022
231
АVTOBUS BEKATLARI MINTAQASIDA TRANSPORT VOSITALARI OQIMINING ZICHLIGI VA TEZLIGINI OʼZGARISHI

Muallif: Normuxammadov, Asilbek Alimardanovich

Annotatsiya: Hozirgi rivojlanish davrida yo’lovchi tashish transportiga talab yuqoriligi sababli shahar yo’llari va ko’chalarida xavfsiz harakat tartibini yaratish, soxa mutaxassislarining asosiy muammoridan birga aylanmoqda. Maqolada Toshkent shahridagi yirik ko’chalarida avtobus to’xtaydigan bekatlarning bir nechtasi tanlab olinib transport oqimining zichligi hamda tezligining o’zgarishi aniqlangan va natijalar ko’rsatib berilgan. Bu eksperiment ishlari ma’lum bir xarakterli ya’ni vizual kuzatuvlar natijasida muammo kuzatilgan avtobus bekatlari mintaqasida olib borilgan. Aniqlangan natijalardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, asosan tig’iz vaqtlarda (soat 8:00-9:30, va 17:00-19:00 vaqt oralig’i) avtobus bekati mintaqasida transport oqimining zichligi keskin ortib ketishi kuzatildi. Shunga mos ravishda harakat tezligining pasayib ketishi aniqlandi. Ushbu muammoli vaziyatga asosiy sabab bekatda bir vaqtda to’xtagan avtobus mikroavtobuslarning soni ortib bekat uchun ajratilgan cho’ntakka sig’masligi deyishimiz mumkin. Bu jarayonda bekat uchun ajratilgan cho’ntakka sig’magan avtobus va mikroavtobuslar asosiy harakat tasmasiga to’xtashga majbur bo’ladi. Bu esa transport oqimi harakatini sekishlashishiga va oqim harakati tezligining pasayib, harakat zichligining miqdori ortishiga olib keladi.

Kalit so'zlar: Avtobus bekati, zichlik, tezlik, tirbandlik, tasma, harakat miqdori, transport, harakat zichligi, oqim tezligi.

Jurnaldagi sahifalar: 844 - 849

Yuklab olish