Muallif: Norqo’ziyev, Akmal Baxtiyor o‘g‘li; Islomov, Jamshid Baxriddin o‘g‘li
Annotatsiya: Mazkur maqola O’zbekistonda avtomobillarni diagnostika qilish va ularga texnik xizmat ko’rsatish holati, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlariga bag’ishlangan. O’zbekistonda avtomobillarga eng kam vaqt va mehnat sarflari yordamida sifatli texnik xizmat ko’rsatish texnologik jarayonini to’g’ri tashkil qilish, muxandislarning malakasini oshirib borish hamda mavjud muammolarni tizimlashtirish va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Kalit so'zlar: avtomobillarni texnik sozligi, diagnostika, ta’mirlash tizimi, texnik iqtisodiy usul.
Jurnaldagi sahifalar: 845 - 853