Muallif: Azizov, Nabi Yarashovich; Mirzayev, Ululg‘bek To‘rayevich
Annotatsiya: Maqolada Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi Orol moybalig‘ining (Alburnus chalcoides aralensis) morfometrik belgilarini qiyosiy tahlil qilish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Orol moybalig‘ining urgʻochilari erkaklarnikidan o/l, H/l, aD/l, pD/l, PV/l, VA/l, o/c belgilarining kattaligi bilan farqlanishi aniqlangan. Qiyosiy tahlil natijalariga ko‘ra, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi Orol moybalig‘ining ikki guruhi (Sharqiy Arnasoy va Tuzkon) bir populyatsiyaga tegishli ekanligi aniqlangan.
Kalit so'zlar: Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, Sharqiy Arnasoy, Tuzkon, Aydarko‘l, Orol moybalig‘i, morfometrik belgilar, o‘zgaruvchan.
Jurnaldagi sahifalar: 293 - 300