Muallif: Quysinova, Shahnoza Mustafoqul qizi
Annotatsiya: O‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, davlat va jamoat arbobi Mir Alisher Navoiy bir nechta devonga tartib berganlar. Shundan shoirning o‘zi tartib bergan devonlaridan biri bo‘lgan “Badoe’ ul-bidoya” devoni debochasida devon tartib berish mezonlarini sanab o‘tganlar. Devon tartib berish jarayoni ham bir necha bosqichlarni qamrab olib, ijodkorning salohiyatini belgilab bergan. Bunda bevosita aruz ilmi, arab alifbosi asosiy rolni bajargan. Ushbu maqolada devon tartib berishning birinchi qoidasi ya’ni, devon g‘azallar bilan boshlanmog‘i, arab alifbosidagi yigirma sakkizta harf va fors-tojik tilidagi yana to‘rtta harfni qo‘shgan holda o‘ttiz ikki harf bilan tugallanmog‘i lozim. Ushbu qoidaning to‘rt devondan iborat bo‘lgan “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining birinchisi “G‘aroyib us-sig‘ar” devonida qanchalik amal qilinganligini ko‘rib o‘tamiz.
Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, “Badoe’ ul-bidoya”, “Xazoyin ul-maoniy”, arab alifbosi, g‘azal, devon.
Jurnaldagi sahifalar: 496 - 501