Muallif: Aliyev, Zuxriddin Soyibnazarovich
Annotatsiya: Mamlakatimizda shakllanayotgan bozor munosabatlari tobora kengayib borayotgan paytda, ularning oʻziga xosligini hisobga olgan holda, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning samarali va moslashuvchan tizimini yaratish zarurati yuzaga keldi. Ana shunday chora-tadbirlardan biri bank kafolati institutini yaratish va yanada rivojlantirish hisoblanadi. Bank kafolati tushunchasi va uni amaliyotga joriy qilishning zaruriyati, tarixi va majburiyatlarni taʼminlashning moliyaviy huquqiy vositasi sifatida baʼzi maʼlumotlar quyida koʻrib chiqiladi.
Kalit so'zlar: bank, kafolat, prinsipial, benefitsiar, kafil, majburiyat, vosita, texnologiya.
Jurnaldagi sahifalar: 492 - 502