Muallif: Nosirov, Amirxon Bahodir oʻgʻli
Annotatsiya: Ushbu maqolada bank kartalaridan foydalanish bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatining umumiy tushunchasi va kriminalistik tahlili bayon etilgan. Unda bank kartalaridan foydalanish bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatining kriminalistik tavsif elementlari, ya’ni jinoyat predmeti, jinoyat sodir etish usullari, jinoyat izlari, jinoyatchining shaxsi haqidagi ma’lumotlar, jinoyat shart-sharoitlari yoritilgan. Shu bilan birga, bank kartalari bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatini tergov qilishda raqamli izlar bilan ishlash jarayoni, milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar hamda boʻshliqlar tanqidiy koʻrib chiqilgan. Ularni bartaraf etishning ilmiy asoslangan yoʻllari va mezonlari ishlab chiqilgan. Maqola raqamli izlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, nazariyotchi olimlar hamda amaliyotchi xodimlar fikr-mulohazalari asosida tayyorlangan. Bundan tashqari, onlayn jinoyat turlaridan biri boʻlmish internet tovlamachilik jinoyatini bank kartalari bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatiga oʻxshash jihatlari muhokama qilingan. Maqolada sohada yuzaga kelayotgan muammolar tizimli, huquqiy, ilmiy-amaliy jihatdan tahlil etilgan, bu yuzasidan mualliflik xulosalari shakllantirilgan. Qonun chiqaruvchi va uni qoʻllovchi subektlar uchun ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: bank kartalari, bank kartalari bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatlari, jinoyat izlari, jinoyat usuli, jinoyatchi shaxsi, elektron toʻlov tizimlari.
Jurnaldagi sahifalar: 1445 - 1462