Muallif: Mirzаqulov, Isаjаn Musаjаnovich
Annotatsiya: Vatanimiz kelajagi boʼlmish yosh avlodni har tomonlama sogʼlom va barkamol qilib voyaga yetkazish nafaqat davlat siyosati darajasidagi vazifa, balki umummilliy strategiya hisoblanadi. Ularni maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan yetuk, milliy qadriyatlarimizni oqilona idrok etadigan, tafakkuri keng insonlar etib kamolga yetkazish, gʼururli va or-nomusli, fikr va gʼoyalarini mustaqil ravishda aniq ifoda eta oladigan shaxslar sifatida rivojlantirish dolzarb ijtimoiy vazifadir. Ushbu maqsadlarga erishishda eng avvalo, anʼanaviy va zamonaviy qarashlarni oʼzaro uygʼunlashtirish muhimdir. Falsafiy tafakkurning ijtimoiy-siyosiy asoslari har qanday jamiyatning ijtimoiy ongini oʼzgartirishga hamda uning pirovard maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: Vatan, milliy gʼoya, davlat, siyosat, maʼnaviyat, madaniyat.
Jurnaldagi sahifalar: 941 - 947