Muallif: Normuratova, Gavhar
Annotatsiya: Bugungi kunda maktab oldida ko’proq ijtimoiy talablar oshirilganda biologiyani o’qitish ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika rivojlanishi talablariga javob berishi kerak. Biologiya o’qitishda amaliy yo’nalishga katta ahamiyat qaratilgan vaqtda o’quvchilar biologik hodisalarni qishloq xo’jalik, biotexnologiya, atrof-muhit muhofazasi va boshqa sohalar bilan boglay olishi, hayotda qo’llay olishi muhim ahamiyatga ega. O’quvchilarda biologiya fanidan bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish uchun turli xil ta’lim vositalaridan foydalanish muhim. Shular ichida ko’rgazmalilik muhim ahamiyatga ega.Bu maqolani yozishimdan maqsad bugungi kunda fan-texnika va informatsion texnologiyalar rivojlangan davrda biologiya darslarida o’quv filmlardan foydalanishning samarali uslublarini yoritib berish. Darslarda filmlarni shunchaki namoyish qilish jarayoni emas balki o’rganish, izlanish, tafakkur qilish, amaliyotda qo’llash uchun zamin yaratuvchi jarayonga aylantirishni maqsad qildim.
Kalit so'zlar: videofilm, ko’rgazmali vositalar, o’quv materiali, fiziologik jarayon, o’zlashtirish, taqqoslash, aktivlashtirish, ilmiy material, takrorlash, umumlashtirish, didaktik kartochkalar, diktor izohi.
Jurnaldagi sahifalar: 640 - 647