26.01.2022
522
BIRLAMCHI OCHIQ BURCHAKLI GLAUKOMA KOMPLEKS DAVOSIDA ANTIOKSIDANTLARNING O’RNI

Muallif: Odilova, Guljamol Rustamovna; Safarov, Orif Murodullaevich

Annotatsiya: Maqsad - birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan kasallangan bemorlarda kompleks davolash natijalarini baholash. Birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan kasallangan Respublika ixtisoslashtirilgan ko’z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ro’yhatida qayd qilingan 61 nafar bemorda (61 ko'z) kuzatuvlar olib borildi. Bemorlar davolanish turiga qarab 2 guruhga ajratildi. 1-guruh bemorlarida (31 nafar bemor, 31 ko'z) kompleks davo muolajalari olib borildi (mikroxirurgik, konservativ, fizioterapiya). Mikroxirurgik davolash sinustrabekulektomiya (STIE) va skleraning orqa trepanatsiyasi (SOT) usulida olib borildi. Konservativ davolashda Emoksipin 10 mg 0.5 ml dan 10 kun davomida subkonyunktival yuborildi. Fizioterapevtik davolashda ko’ruv nervining lazer stimulyatsiyasi bajarildi. Nazorat guruhi sifatida mikroxirurgik davo muolajasi o'tkazilgan 30 nafar bemor (30 ko'z) olindi. Birinchi guruh bemorlarining kompleks davolash natijalari 87% holatlarda 1 yildan keyin ko'rish funktsiyalarining sezilarli yaxshilanishi va glaukomatoz jarayonining barqarorlashuvini ko’rsatadi. Ikkinchi guruh bemorlarida esa glaukomatoz jarayonining barqarorlashuvi 68% holatlarda kuzatildi.

Kalit so'zlar: Emoksipin, glaukoma, lazer stimulyatsiyasi, sinustrabekulektomiya, ko’ruv nervi halqasi.

Yuklab olish