01.07.2023
158
BLENDED LEARNING SHAROITIDA TALABALARNING INGLIZ TILINI MUSTAQIL O‘ZLASHTIRISHLARI

Muallif: Shirinova, Feruza

Annotatsiya: Mazkur maqolada nofilologik ta’lim yo’nalishidagi talabalarning mustaqil faoliyatini tashkillashtirishda pedagogik sharoitlarni inobatga olgan holda aralash ta’lim muhitini yaratish bilan ta’lim samaradorligini oshishi va talabalarning ingliz tilini o’rganishlariga keng imkoniyatlar ochib beradi. Talabalarning ingliz tilini o’rganishlaridagi mustaqil o’quv-biluv faoliyatini rivojlantirishda to’g’ri tashkillashtirilgan aralash ta’lim muhitining imkoniyatlari yoritilgan. Talabalarning mustaqil o’quv – biluv faoliyati sohaviy chet tili ko’nikmalarini tabaqalashtirilgan umumsohaviy, autentik, differensial – ijodiy, integrativ – faoliyatli, nofilologik yo’n’lishdagi kontentlar bilan muvofiqlqshtirib tuzish taklifi berilgan. Aralash ta’lim sharoitida talabalarning mustaqil o’quv-biluv faoliyatini rivojlantirish modeli kasbiy kompetentlik va chet tillari ko’nikmalarini loyihalash mexanizmlarini individual, mustaqil, ta’lim subyektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga qaratilgan takliflar ham o’rin olgan. Ijtimoiy soha, hususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, ta’lim tizimining uzluksizligini yanada takomillashtirish maqsadida sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayorlash asosiy vazifalarimizdandir. Jumladan, nofilologik yo’nalishida masofaviy ta’limga o’tish va uning an’anaviy ta’lim bilan integratsiyasini ta’minlash orqali aralash ta’lim (Blended Learning) ni takomillashtirish, oliy ta’limning yagona standartini yaratish va xalqaro diplomlarni tan olish, talabalar va o’qituvchilar mobilligini yo’lga qo’yish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Kalit so'zlar: uzluksiz ta’lim, masofaviy ta’lim, intensiv ishlash, individuallashgan yondashuv, umumsohaviy, autentik.

Jurnaldagi sahifalar: 912 - 919

Yuklab olish