Muallif: Abdurahmanov, Abdumutal
Annotatsiya: Muallif tomonidan maqolada blokcheyn texnologiyalari vositada tuziladigan shartnomalar va ularni bajarish muammolari tahlil etilgan. Xususan, blokcheyn texnologiyalari vositada tuziladigan shartnomalarning ahamiyati, ularning afzallik va kamchiliklari hamda huquqiy rejimi xususida fikr yuritib, analiz qiladi. Texnologiyaning ishlash tartibi hamda blokcheynning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Milliy qonunchiligimizni takomillashtirish borasida takliflar keltirilgan. Blokcheyn texnologiyasi orqali tuziladigan shartnomalarni qoʻllash sohasidagi ijtimoiy munosabatlar, shuningdek, zamonaviy huquq masalasiga kiritilganda yuzaga keladigan huquqiy ziddiyatlar obyekt sifatida oʻrganilgan. Qolaversa, blokcheyn texnologiyasining asosiy jihatlari, ya’ni markazlashtirilmaganligi, raqamli ma’lumotlarning shaffof, maxfiy va ishonchli tarzda foydalanuvchilar o‘rtasida tez va qulay ma’lumotlar almashinuvi imkoni borasida muallifning fikrlari keltirilgan.
Kalit so'zlar: shartnoma, aqlli shartnoma, blockchain texnologiyasi blokcheyn, anonimlik, markazlashtirilmagan reyestr, huquqiy rejim va yurisdiksiya.
Jurnaldagi sahifalar: 731 - 738