Muallif: Latipov, Sh.A.; Maxamadiyev, R.Sh.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining iqlim va geografik sharoitlariga moslab, bog‘langan gruntli kanallarda suv oqimining kritik tezligini aniqlash va transport qilish jarayonining samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Viloyatning ko‘p qismida loy va silt aralashgan gruntlar keng tarqalganligi, ularning gidravlik xususiyatlari, konsolidatsiyasi va oqim bilan o‘zaro ta’siri batafsil tahlil qilindi. Shuningdek, hududdagi sug‘orish tizimlarida kritik tezlikni hisoblash metodikasi takomillashtirildi.
Kalit so'zlar: Bog‘langan grunt, kritik tezlik, kanal transporti, sug‘orish tizimi, eroziya, gruntning konsolidatsiyasi, oqim tezligi, suv resurslari, geotekstil qoplama, grunt siljishi.
Jurnaldagi sahifalar: 162 - 166